RENESSANS-TALABA NIGOHIDA

#debat #klublar_jangi

2021 yil 8 aprel kuni “Renessans-talaba nigohida” mavzusida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida faoliyat olib borayotgan 3 ta klub: “Debat” (klub rahbari A.Ziyotova), “Bilim va amal” (klub rahbari Sh.Azimov), “Islomiy qadriyatlar” (klub rahbari X.Xo‘jamov) hamda ularga qarshi 1 ta tashabbuskor guruh (M.Muratova rahbarligida) o‘rtasida 5 ta shart bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda mavzu bo‘yicha talabalarning savollarga javob berishdagi bilimlari va “Besh tashabbush” asosidagi iqtidorlari hakamlar hay’ati: A.Safarov, Q.Nurboev, J.Begalieyv, L.Shpenyova, L.Hasanovalar tomonidan odilona baholanib borildi. 

Bellashuv natijalariga ko‘ra, 1-o‘ringa “Debat” klubining “Bunyodkor” jamoasi, 2-o‘ringa “Tashabbuskor” guruhining “Sohibqiron izdoshlari” jamoasi, 3-o‘ringa “Bilim va amal” klubining “Turon” jamoasi munosib deb topildi. “Islomiy qadriyatlar” klubining “Temurbeklar” jamoasi eng ijodkor jamoa deb e’tirof etildi.

Shuningdek, har bir jamoaning, har bir qatnashchisi o‘ziga xos nominatsiyalar bilan nomlanuvchi faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan bo‘lsa, 4 ta jamoaga ham kitoblar sovg‘asi, institut “Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti tomonidan yozgi sport kiyimlari (futbolka va kepka), o‘rinlarni belgilovchi diplomlar, “Har bir kishi o‘qishi zarur bo‘lgan 100 kitob” ro‘yxati taqdim etildi.

  

  

  


SamDAQI Axborot xizmati