REKTOR TABRIGI

HURMATLI HAMKASBLAR VA AZIZ TALABALAR!
#tabriknoma

Mana yana bir yilni ortda qoldirib, 2022 yilni yangi umidlar bilan kutib olish arafasidamiz. Yangi 2022 yil oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishish va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yili bo‘lsin. 2022 yilda ham faqat yorqin kelajak sari qadam tashlab, institutimizning muvaffaqiyati bilan Yangi O‘zbekiston rivoji yo‘lida muhim ishlarni amalga oshirishimizga chin dildan umid qilaman.

Tugab borayotgan yilda turli ilmiy-tadqiqot, sport va ijtimoiy-madaniy ko‘rik-tanlovlarda va musobaqalarda institut sha’nini himoya qilib kelgan talaba-yoshlarimizga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Institut talabalariga ham shiddatli o‘qishdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishlarida katta muvaffaqqiyatlar tilayman, shuningdek, institutimizda o‘zlarini erkin his qilishlarini tilab qolaman.

2022 yil barchamizga salomatlik, baxt, tinchlik va muvaffaqqiyat olib kelsin.

 

Chidem Janbay Turkyilmaz
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori


SamDAQI Axborot xizmati