Rasulov Xayot Zoirovich xotirasiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Joriy yilning 21-22 oktabr kunlari Toshkent arxitektura-qurilish institutida texnika fanlari doktori, professor Rasulov Xayot Zoirovich xotirasiga bag‘ishlangan «Современные методы и технологии геотехники и фундаментостроения в решении проблем прочности, устойчивости и сейсмостойкости сооружений» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning tashkiliy qo‘mita va ilmiy Kengashida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professori O‘zbekiston geotexnika jamiyati ilmiy kotibi t.f.n. Xasanov Askar Zabiyevich ham ishtirok etdi.
SamDAQI Axborot xizmati