ROSSIYA FEDERATSIYASI TALABALARI SAMDAQIDA AMALIYOT O‘TAYDI

Rossiya Federatsiyasining I.E.Repin nomidagi Sankt-Peterburg Davlat akademik rang-tasvir, haykaltaroshlik va arxitektura institutining 2019 yil 30 apreldagi 290-k sonli xatiga binoan, mazkur institutning o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti bo‘lim boshlig‘i Xitrova Tatyana Vladimorovna va “Tasviriy san’at” kafedrasi katta o‘qituvchisi Romanov Vladimir vladimirovichlar joriy yilning 13-15 may kunlari institutga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad 2019 yilning 17 iyundan 1 iyulga qadar Romanov Vladimir boshchiligida “Tasviriy san’at” fekultetining 5 nafar talabalari  Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida, o‘quv amaliyotini o‘tashi uchun barcha kerakli qulayliklarni kelishish va amaliyot o‘taydigan joylar bilan tanishishdan iborat.Shuningdek, joriy yilning 14 may kuni Xitrova Tatyana Vladimorovna va Romanov Vladimir Vladimirovichlar tomonidan arxitektura fakulteti talabalariga mahorat darslari tashkil etildi.

Muzokaralar natijasida 2019 yil 17 iyundan 1 iyulga qadar I.E.Repin nomidagi Sankt-Peterburg Davlat akademik rang-tasvir, haykaltaroshlik va arxitektura institutining 5 nafar talabalarini “Tasviriy san’at” kafedrasi katta o‘qituvchisi Romanov Vladimir boshchiligida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida o‘quv amaliyotlarini o‘tashi kelishildi.