RASMIY XABAR!

#safar

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Chidem Janbay Turkyilmazning 2021 yil 31 dekabridan  2022 yil 5 yanvar kuniga qadar Turkiyaning Istanbul shahriga xizmat safari belgilangan.

Ushbu xizmat safarining asosiy maqsadi Turkiya Respublikasining Yildiz Texnika Universiteti  (https://www.yildiz.edu.tr/en) va Istanbul Kultur Universiteti  (https://www.iku.edu.tr/en)bilan SamDAQIning ikki tomonlama hamkorlik shartnomalarini imzolash hamda Turkiyaning “PricewaterhouseCoopers” (https://www.pwc.com.tr/en.html) tashkiloti bilan SamDAQIda yangi inkubatsiya va ilmiy-tadqiqot markazini ishga tushirish masalalarini muhokama qilish belgilangan.


SamDAQI Axborot xizmati