RASMAN: KARANTIN
#covid19
Hurmatli institutimiz professor-o‘qituvchilari, qadrli talabalar!
Respublikamiz hududida, COVID-19 bilan kasallanish holati ortayotganligi, institutimiz talabalari orasida ham bunday holatlar aniqlanganligi sababli:
❗️2021-yilning 21-aprel sanasidan 14 kunga institutda o‘quv jarayoni masofaviy (online) shaklga o‘tkazilishiga qaror qilindi.
Epidemiologik vaziyat barqarorlashgach, an’anaviy o‘quv jarayoniga qaytish borasida qo‘shimcha xabar institut rasmiy sahifalarida beriladi.
Karantin talablariga rioya qiling, salomatligingizni asrang!
SamDAQI Axborot xizmati