Qurilishda menejment

 

   

   Kafedra mudiri: 

   Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

   Telefon: (0366)-237-48-65

   E-mail: 

 

 

             

 

        Kafedra tarixi

         “Menejment” kafedrasi o’z faoliyatini 1969 yildan “Iqtisodiyot” fakulteti tarkibida “Qurilishni tashkil eish va rejalashtirish” nomi bilan boshladi.

         Kafedrani tashkil etgan va uni birinchi mudiri bo’lib, dosent. Gilev Baris Mixaylovich hisoblanadi. Kafedrani keyinchalik, keyingi davrlarida i.f.d. professor Djabriyev A.N., dosent. Kamorov T.N., i.f.n. dosent. Danilyan V.B., t.f.n. dosent. Muhammadiyev U.A., i.f.n. dosent. Bektemirov A.B., Suyunov A.S.lar boshqarib kelishgan.

         2011-2012 o’quv yilidan boshlab i.f.d. professor. Djabriyev A.N. kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarixi va uning faoliyati turli davrlarda xizmat qilgan  professor-o’qituvchilarning ismlari Bilan bog’liq. Bular:

  1. Veynert M.V.
  2. Guner L.Ya.
  3. Guseva O.I.
  4. Norbekov R.
  5. Norbekov T.
  6. Karimov I.S.
  7. Korpenko E.F.
  8. Vereshuk V.O.
  9. Yermodenko N.F.
  10. Raxmatov B.B.
  11. Ramazonov I.
  12. Razzakova G.I.
  13. Trifonova T.I.
  14. Almamedova S.
  15. Abdusamatov F. va boshqalar.

Kofedra o’quv-uslubiy ishlardan tashqari ilmiy-tatqiqot ishlari ham olib boradi. Kafedra ilmiy-tatqiqot ishlarining rivojlanishiga kata hissa qo’shgan o’qituvchilar, jumladan: i.f.d. professor. Djabriyev A.N., i.f.n. dosent. Danilyan S.B., i.f.n. dosent. Bektemirov A.B., t.f.n. dosent. Usmonov I.O., t.f.n. dosent. Suyunov A.S., t.f.n. dosent. Muhammadiyev O’.A. va boshqalar.

Kafedrada bakalavr yo’nalishi uchun o’qitiladigan fanlar:

  1. Menejment asoslari
  2. Menejment nazariyasi
  3. Marketing
  4. Strategik menejment
  5. Tadbirkorlik asoslari
  6. Moliya va soliq
  7. Biznesni rejalashtirish
  8. Kichik biznes va tadbirkorlik
  9. Tashkiliy xulq
  10. Boshqarish qarorlarini qabul qilish
  11. Qurilishni tashkil etish va boshqarish
  12. Xorijiy investisiya
  13. Bojxona ishi
  14. Sug’urta ishi
  15. Soliq va soliqqa tortish
  16. Standartlashtirish va sifatni boshqarish
  17. Xodimlarni boshqarish
  18. Qimmatbaho qog’ozlar bozori

O’quv-uslubiy ishlar.

Kafedrada keyingi yillar mobaynida 1 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma va 2 ta monografiya chop qilindi. O’quv qo’llanmalarning barchasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasi bilan chop qilingan. Jumladan:

 Chop qilingan o’quv qo’llanmalar

 

  1. i.f.d. prof. Djabriyev A.N., Ziyayev M., “Upravleniye kachestvom domostroitelnoy produksii v usloviyax perexoda k rыnochnыm otnasheniyam” Toshkent «Fan» 1998 y
  2. i.f.d. prof. Djabriyev A.N., Zugurov N.R. «Menejment asoslari» Samarqand “Zarafshon” 2001y
  3. i.f.d. prof. Djabriyev A.N., t.f.n. dosent. Muhammadiyev O’.A., i.f.n. dosent. Bektemirov A.B., katta o’qituvchi. Xudoyqulov O’.Ch. muallifligida “Strategik menejment” 2011 yil.
  4. i.f.d. prof. Djabriyev A.N., t.f.n. dosent. Muhammadiyev O’.A., i.f.n. dosent. Bektemirov A.B., katta o’qituvchi. Xudoyqulov O’.Ch. muallifligida “Menejment” praktikum 2011yil.

 

Kafedrada barcha fanlardan o’zbek va rus tillarida ma’ruza matnlari tayyorlagan.

Kafedrada elektron darsliklar yaratilgan va yangiliklar asosida har o’quv yilida to’ldirib borilmoqda.

 Kafedrada quyidagi fanlar bo’yicha elektron darsliklar yaratilgan:

 

  1. Menejment asoslari
  2. Strategik menejment
  3. Marketing
  4. Qurilishni tashkil etish va boshqarish
  5. Standartlashtirish va sifatni boshqarish
  6. Kichik biznes va tadbirkorlik
  7. Soliq va soliqqa tortish va boshqalar.

KAFEDRADA O’QITILADIGAN FANLARDAN INNOVASION TA’LIM TEXNOLOGIYaLARI ASOSIDA YaRATILGAN

MAJMUALAR

  1. Menejment asoslari
  2. Strategik menejment
  3. Kichik biznes va tadbirkorlik
  4. Bojxona ishi
  5. Sug’urta ishi
  6. Moliya va soliq
  7. Biznesni rejalashtirish
  8. Tashkiliy xulq
  9. Xorijiy investisiya
  10. Menejment nazariyasi.

 Ilmiy ishlar.

Kafedra o’qituvchilari 3 ta mavzu bo’yicha ilmiy ishlar olib borishadi.

  1. Mavzu: “Investisiya jarayonlarini boshqarishni takomillashtirish” ilmiy rahbar i.f.n. dosent. Bektemirov A.B.
  2. Mavzu: “Qurilish maxsuloti sifatini boshqarish” ilmiy rahbar t.f.n. dosent. Suyunov A.S.
  3. Mavzu: “Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning boshqarish strategiyasi” ilmiy rahbar t.f.n. dosent. Muhammadiyev O’.A.

 Kafedraning ilmiy aloqalari:

         Kafedra va professor-o’qituvchilar uzoq yillar davomida hamdo’stlik davlatlari bilan ishlab va ilmiy-amaliy aloqalar olib borishadi.

         Moskva davlat qurilish universiteti.

         Sankt-Peterburg  Arxitektura-qurilish universiteti.

         Alma-Ata Arxitektura-qurilish instituti. Respublikamizning barcha turdosh oliy o’quv yurtlari bilan.  Bu aloqalar natijasida kafedrada 1 ta doktorlik, 6 ta fan nomzodlari ishlari himoyasi amalga oshirilgan. Faqat2011 yilning oktyabr oyida Moskva qurilish universitetida o’tkazilgan ilmiy anjumanda kafedra professor-o’qituvchilarining 3 ta ilmiy maqolasi chop etildi.

 Iqtidorli talabalar bilan ishlash.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan.  Ular bilan maxsus reja asosida darsdan tashqari qo’shimcha mashg’ulotlar olib boriladi. Iqtidorli talabalarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va boshqa davlat stipendiyalariga tanlovlarda ishtirokini ta’minlash maqsadida bir qator fanlardann alohida dastur asosida darslar olib boriladi.

Kafedra o’qituvchilari talabalar bilan hamkorlikda Institut miqyosida 100 dan ortiq ilmiy maqola chop qilingan. 2011- yilning o’zida 30 ga yaqin ilmiy maqola chop qilingan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo’yicha tuzilgan reja asosida ish olib boriladi. Kafedra o’qituvchilaridan 6 nafar professor-o’qituvchilar fakultetning 3-kurs talabalariga rahbarlik qilishadi. Kafedra o’qituvchilari doimiy ravishda institut, fakultet va kafedra jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqda. Kafedra o’qituvchilaridan 4 kishi fakultet ilmiy kengashi a’zosi.

 Kafedra o’qituvchilari tomonidan doimiy ravishda talabalar yotoqxonasida mustaqillik, Vatanga va ota-onaga hurmat, urf-odatlar va boshqa turli mavzularda ilmiy-amaliy va tarbiyaviy anjuman o’tkazilib kelinadi.