“Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi
Kafedra mudiri: v.b. Ibragimov Abdijabbar
Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 16-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: (97) 916 44 48
E-mail: ibragimov@mail.uz
Kafedra tarixi:
“Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi 1968 yilda Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti ochilgandan so’ng “Mexanika” nomi bilan ish faoliyatini boshladi, 1969 yilda esa ushbu kafedra “Materiallar qarshiligi” va “Qurilish mexanikasi” kafedralariga bo’lindi. 2005 yildan boshlab 2015 yilgacha kafedra “Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi”, hozirgi kunda esa “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” deb yuritiladi. Kafedralarga 1980 yilgacha marhum dosentlar L.N.Negmatov va O.T.Akobirov mudirlik qilishgan. 1980-yilda bu kafedralar asosida “Nazariy mexanika” kafedrasi tashkil etilib dotsent U.Mustafayev mudirlik qildi. 1980 yildan boshlab, “Qurilish mexanikasi” kafedrasiga dotsent X.Sh.To’rayev, va 1986-yildan dosent X.R.Saidov, “Materiallar qarshiligi” kafedrasida esa 1980 yildan professor, O’zRFAning akademigi T.Sh.Shirinqulov mudirlik qilishgan. 2005 yildan 2009 yilgacha ushbu kafedralar birlashib, “Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi” deb yuritila boshladi, kafedra rahbari sifatida marhum akademik T.Sh.Shirinqulov faoliyat ko’rsatdi. 2011 yilda texnika fanlari nomzodi, dosent A.T.Qo’ldashev kafedraga rahbarlik qildi. 2013 yil dekabr oyidan boshlab texnika fanlari nomzodi, dosent A.Q.Toshev kafedra mudiri lavozimiga saylandi. Kafedra tarkibida o’z vaqtining yetuk mutaxassislari S.V.Orlov, S.N.Mo’minov, I.M.Dorfman, O.T.Akobirov, S.X.Xayitmetov, T.A.Aslonkulov, I.I.Xaimov, R.M.Beganova, F.G.Ibragimov, L.M.Kucherenko, V.V.Filinix, B.I.Toporovskaya, F.Yu.Axmedjanova, A.Ibragimov, X.Turobov, A.Nabiyev, N.Ergashov, B.K.Javliyev, M.X.Ismatov, M.M.Mamatkulov., F.X.Yuldoshev. ,S.M.Mirzoqobilov, X.X.Xudoynazarov, A.Tilavov, B.To’ychiyev, SH.ATurdibekov G.R.Sagiyev, V.Kislov kabi professor-o’qituvchilar kadrlar tayyorlashda samarali faoliyat ko’rsatganlar. Hozirgi kunda kafedrada 21 ta professor-o’qituvchilar va 2 o’quv texnik xodimlar ishlab kelishmoqda.va 3ta Phd doktarantlar ilmiy izlanuvchi xodimlar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 2 tas fan doktori, professor, 8 ta fan nomzodlari, dosent, 4 ta katta o’qituvchilar, 4 ta assistentlar faoliyat ko’rsatishmoqda. Jumladan: X.Sh.To’rayev, K.Ismayilov, A.K.Kaxxorov, A.Ibragimov, X.Saidov, N.M.Meliqulov, S.K.Toshev, SH.D.Berdiyev, X.M.Bo’ronov, SH.Mamasov, N.Egamov, E.M.Mamatov, O.M.Ubaydulloyev, Z.Xudoyberdiyev, S.S.Amanov, SH.Yaxshiboyev, D.Ismatova, N.Shodmonqulova, A.Otaqulov, K.Xaydarova.
Mustaqillik yillarida 1993 yildan 2005 yilgacha kafedra qoshida akademik T.Sh.Shirinqulov rahbarligida 05.23.17-“Qurilish mexanikasi” va 01.02.04-“Deformasiyalanuvchi kattik jism mexanikasi” yo’nalishlaridan texnika fanlari nomzodi bo’yicha bir martalik doktorlik dissertasiyasini himoya qilish bo’yicha K.067.90.01 maxsus kengash faoliyat ko’rsatib keldi. Shu davrda ilmiy kengashda 2 ta doktorlik va 70 dan ortiq nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi. Kafedrada o’qitiladigan «Materiallar qarshiligi», «Amaliy mexanika» fanlar amaliyot bilan bog’liq bo’lganligi sababli, o’quv dasturiga kiritilgan barcha qismlar ma’ruza va amaliyot mashg’ulotlari laboratoriya tajribalariga tayangan holda olib boriladi. Shu boisdan bu fanlarni o’qitish uchun kafedrada ma’ruzalar uchun 1 ta tayanch auditoriyasi, laboratoriya tajribalarini o’tkazish uchun 1 ta xona va 1 ta uslubiy xona tashkil qilingan. Kafedra professor-o’qituvchilari uchun 4 ta kompyuter mavjud. Kafedrada o’tiladigan barcha fanlar bo’yicha bakalavr ta’lim yo’nalishi uchun o’zbek tilida ma’ruzalar matni yaratilgan va chop etilgan. Jumladan X.Sh.To’rayev va M.X.Ismatovlar tomonidan ishlangan “Qurilish mexanikasi” nomli o’quv qo’llanma O va O’MTV grifi bilan chop etilgan bo’lib, bugungi kunda “Qurilish mexanikasi” fanini o’qitilishda asosiy darslik bo’lib foydalanilmoqda. Shuningdek, hisoblash grafik ishlari va laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar tayyorlangan. Oxirgi besh yilda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 10 tadan ortiq o’quv-uslubiy ko’rsatma va qo’llanmalar, 100 dan ortiq maqola va tezislar tayyorlandi. Jumladan, kafedra a’zolari tomomnidan 2020-yilda 1ta patent darslik 2 ta o’quv qo’llanma, 2 ta monografiya 3 ta uslubiy ko’rsatma 12 ta va 46 ta maqola-tezislar chop qilindi. Kafedra Respublika talabalar olimpiadasida «Materiallar qarshiligi» va «Nazariy mexanika» fanlari bo’yicha qatnashadi. Ushbu fanlar bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilar tayorlagan talabalari har yili faol ishtirok etishib, yuqori o’rinlarni egallab kelishmoqda. Kafedraning professor-o’qituvchilariga berkitilgan iqtidorli talabalari bilan ishlashda nazariy mexanika, materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi fanlaridan to’garaklari tashkil qilingan. Ilmiy to’garak rahbarlari (maslahatchilari): S. Amonov, katta o’qituvchi O.Ubaydulloyev. D.Ismatova.A.Otaqulov.talabalar bilan ishlashmoqda.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar:
Kafedra institutdagi o’qitiladigan mutaxassisliklarning barchasiga «Nazariy mexanika», «Materiallar qarshiligi», «Qurilish mexanikasi», «Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabardoshligi» va «Amaliy mexanika»fanlaridan bilim beradi.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatini ustuvor yo’nalishlari:
1) plastinka, qobiq va boshqa qurilish qurilmalari elementlarini chiziqli va bir jinsli bo’lmagan, vaqt bo’yicha o’zgaruvchi, deformasiyalari va ular bilan aloqada bo’lgan muhitlarni o’zaro ta’sirini hisobga olgan xolda mustahkamlik, ustuvorlik va harakat qonunlarini o’rganib va ularning hisoblash metodikasini yaratish.
2) deformasiyalanuvchi muhit bilan o’zaro munosabatda bo’lgan bir jinsli va elastik bo’lmagan inshoot qismlarining mustahkamligi, bikirligi, ustuvorligi va dinamikasi masalalarini nazariy va amaliy tadqiqot qilish.
Mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash
Kafedrada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash qator ishlar qilinmoqda. Jumladan kafedra a’zolaridan mustaqil izlanuvchilar ro’yxati tuzilgan va ular bugungi kunning dolzarb mavzularda ilmiy ishlari olib borishmoqda, olingan natijalar asosida makolalar va tezislar tayyorlanmoqda.