Qurilish konstruksiyalari kafedrasi
Kafedra mudiri: t.f.n, dotsent Usmanov Valiaxmat Fayzillayevich
Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: (93) 726-55-50
E-mail: usmanov51@mail.ru
Kafedra tarixi
Kafedra 1969 yilda tashkil topgan. Kafedraga dastlab V.I. Koposov, V.S. Markin rahbarlik qilganlar. Keyinchalik, 1973 yilda t.f.n., professor R.A. Mel’nik tashabbusi bilan «Qurilish konstruksiyalari» kafedrasi «Temirbeton, tosh va g‘isht konstruksiyalari» va «Metall, yog‘och va plastmassa konstruksiyalari» kafedralariga ajratildi.
«Temirbeton, tosh va g‘isht konstruksiyalari» kafedrasiga prof. R.A. Mel’nik (1973-1984), dotsent S.R. Razzoqov (1984-1989), dotsent A.A. Raxmonov (1990-1992), dotsent V.F. Usmonov (1992-1997) rahbarlik qilganlar.
«Metall, yogoch va plastmassa konstruksiyalari» kafedrasiga V.S. Markin (1971-1974), V.I. Koposov (1974-1978), R.I. Xolmurodov (1978-1986), G.S. Fridman (1986-1992), S.A. Asliyev (1992-1999) rahbarlik qilganlar.
1998 yildan bu ikki kafedra birlashib «Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar» nomi bilan faoliyat yurita boshladi. 1998 yildan 2012 yilgacha kafedra mudiri lavozimida texnika fanlari doktori professor S.R. Razzoqov ishladi. 2012-2014 yillarda kafedra mudiri lavozimida texnika fanlari nomzodi, dotsent B.SH. SHamurodov, 2015-2017 yillari esa texnika fanlari nomzodi, dotsent T.K.Kosimov faoliyat yuritdi. 2017 yildan kafedrani texnika fanlari nomzodi, dotsent V.F.Usmonov boshqarib kelmoqda. 1969 yildan boshlab kafedrada t.f.n, professor Z.Yusupov, t.f.n, dotsentlar A.Q.Odilov, A.X. Jo’raev, N.S. Xamidjonov, G.S.Strigo, M.M. Xolmuxammedov, R.X.Mirmuxammedov, professor P.T. Mirzaev, A. Yo’ldoshev, K.Aznabaev, N.Samatov, Sh.M.Sichinava va boshqalar samarali faoliyat yuritganlar.
Hozirgi vaqtda kafedrada t.f.n, dotsentlar E.K.Klebleev, S.Asliev, M.N.Ubaydulloev, A.I. Xolmuradov, S.Zayniev, T.Maxmatqulov, T.Qosimov, J.N. G’aniev, A.Q. Ravimov, K. Isobekov katta o’qituvchikar M.A.Sodiqov, B.F.Usmonov, O.H.Abbosov, X.M.Ibragimov va boshqalar samarali faoliyat yuritib kelmoqganlar.
Professor-o’qituvchilar tarkibining aksariyat qismi o’z sohasining yetuk mutaxassislari, yetarli kasbiy malaka va pedagogik mahoratga ega bo’lgan ustoz murabbiylardir.
Kafedrada Ilmiy darajali professor-o’qituvchilar salohiyati 45% ni tashkil qiladi.
Kafedra tarkibi, jami -31 kishi: professor, fan doktori -1 , dotsent, fan nomzodlari -12 , katta o‘qituvchilar- 9 , o‘qituvchilar - 9, tayanch doktorant (PhD) - 2 , Mustaqil tadqiqotchi va izlanuvchi - 1,yordamchi xodimlar - 2 .
O'QUV-USLUBIY ISHLAR
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan o’tilayotgan 19 ta fandan 9 tasi bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida 10 ta fan esa, magistratura mutaxassisligida o’tiladi. Ushbu fanlar bo’yicha yangi ta’lim standartlariga muvofiq va vazirlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturlar asosida ishchi dasturlar ishlab chiqilgan, hamda o’quv jarayoniga tadbiq etilgan.
Talabalarning tanlov fanlari va maxsus fanlar uchun namunaviy dasturlar ishlab chiqilgan, institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanib o’quv jarayoniga tadbiq etilgan.
Maxsus fanlardan davlat tilida adabiyotlarning kamligi sababli kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ma’ruza matnlari, o’quv qo’llanmalari va uslubiy majmualar tayyorlangan. Bosqich loyihalari va bitiruv-malakaviy ishlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanmalar chop etilgan. Aksariyat o’tiladigan fanlar amaliy yo’nalishga ega bo’lganligi sababli, laboratoriya darslari hajmi 50 % ni tashkil qiladi. Shu bois kafedrada tajriba ishlarni bajarish uchun maxsus stendlar tayyorlashga katta ahamiyat berilmoqda.
Samarqand viloyat Jomboy tumanidagi “Fazoviy konstruksiyalar, bino va inshootlar zilzilabardoshligi” ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi MCHJ bilan shartnoma asosida hamkorlik ishlari olib borilib, talabalar, magistrlar va katta ilmiy xodim va izlanuvchilar uchun o’z ilmiy ishlarini bajarishlariga sharoit yaratilgan. Bundan tashqari
“SVP Maskan” MCHJ, “Farzona stal-servis” MCHJ, “Artur obsledovanie zdanie” MCHJ va shunga o‘xshash kupgina xususiy tashkilotlar bilan innovatsion hamkorlik shartnomalari asosida ishlar olib borilmoqda.
Kafedra professor - o’qituvchilarining malakalarini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Ular har yili reja asosida Toshkent arxitektura qurilish institutida malaka oshirib kelmoqdalar.
Iqtidorli talabalarni tanlash va ular bilan ishlashni alohida ta’kidlab o’tish lozim. Professor S.R.Razzoqov, dotsentlar V.F.Usmanov, G.S.Fridman, M.N.Ubaydulloev, T.Maxmatkulov va J.N.G‘anievlar rahbarligida kafedrada bajarilayotgan ilmiy ishlarda talabalar bevosita qatnashib, natijada ko’plab ilmiy maqolalar chop etilgan va etilmoqda.
Kafedrada har yili 50 dan ortiq talabalar «Bino va inshootlar qurilishi» yo’nalishi bo’yicha davlat attestasiyalaridan muvaffaqiyatli o’tib xalq xo’jaligida o’z sohasining mutaxassislari safiga qo’shilmoqda. Bajarilgan bitiruv malakaviy ishlarining aksariyat qismi real mavzular asosida bajarilgan bo’lib bevosita ishlab chiqarishga tadbiq etilmoqda.
Kafedrada o’zbek tilida « Metall qurilmalar» (mualliflar R.I.Xolmurodov va S.Asliev) nomli o’quv qollanmasi chop etildi (1994).
Kafedrada tarixida birinchi marta O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi grifi bilan «Korxonalarda tayyerlanadigan qurilish konstruksiyalari» (mualliflar professor H. A.Akramov, dotsent V.F. Usmanov ) darsligi chop etildi (2019). T.Maxmatqulov tomonidan esa, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati bilan «Yog’och va plastmassa konstruksiyalari» o’quv qollanmasi chop etildi (2020).
Professor S.Razzokov tahriri ostida «Temirbeton gumbazlar» (mualliflar B.I.Matniyazov, O.B.Berdiev va J.S.Razzoqov) nomli o’quv qo’llanmasi O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati bilan chop etilgan (2009).
ILMIY-TADQIQOT ISHLAR
Kafedraning uzoq muddatda mo’ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari yo’nalishi va mavzulari rejasi institut kengashida tasdiqlangan.
Kafedrada V.F. Usmanov rahbarligida doktorantlar U.D.Xamraqulov va N.P.Sanaeva ishlab chiqarish ehtiyojidan kelib chiqqan zamonaviy mavzular bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Kafedrada professor Z.Yusupov tomonidan « Работа железобетонных конструкций при малоцикловых нагружениях в условиях Средней Азии» (1988), professor S.Razzokov tomonidan “Составные железобетонные оболочки покрытий зданий в условиях длительной эксплутации и сейсмических воздействий” (2014) va professor T. Maxmatkulov tomonidan “Соединения деревянных клееных колонн с фундаментами” (2020) nomli monografiyalari chop etilgan.
Kafedra mas’uliyati cheklangan “SVP Maskan”, “Farzona stal-servis” va “Artur obsledovanie zdaniy” jamiyatlari bilan hamkorlikda o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, o’qituvchi va talabalar ilmiy ishlarining natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish bo’yicha ishlar okib bormoqdalar.
Kafedra tashkil etilgandan buyon kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan 400 dan ortiq o’quv – uslubiy qullanmalar va uslubiy ko’rsatmalar chop etilgan. Oxirgi 3 – yil davomida kafedra professor- o’qituvchilari tomonidan 25 ta o’quv - uslubiy ishlar chop etilgan. Ushbu qullanmalar bosqich loyihalarini, bitiruv malakaviy ishlarini va tajriba mashg’ulotlarini bajarish uchun mo’ljallangan.
Kafedrada tarixida birinchi marta V.F. Usmanov tomonidan professor H. A.Akramov hammuallifligida «Korxonalarda tayyerlanadigan konstruksiyalar» darsligi O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati bilan chop etildi. T.Maxmatqulov tomonidan esa, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati bilan «Yog’och va plastmassa konstruksiyalari» o’quv qollanmasi chop etildi.
Professor S.Razzokov tahriri ostida «Temirbeton gumbazlar» (mualliflar B.I.Matniyazov, O.B.Berdiev va J.S.Razzoqov) nomli o’quv qo’llanmasi O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati bilan chop etilgan (2029).
Kafedra xodimlari tomonidan xozirgacha 500 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar chop etilgan. Jumladan 10 ta mualliflik guvoxnomasi va bitta patent olingan. Ular har yili turli anjumanlarda o’z ma’ruzalari bilan uzluksiz ishtirok etib kelishmoqdalar.
KAFEDRADA TAYYORLANADIGAN BAKALAVR TA’LIM
YO’NALISHI VA MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI.
- 5340200 – Bino va inshootlar qurilishi
- 5A340204 – Qurilish konstruksiyalari, maxsus jihozlar va muhandislik tizimlari montaji
Kafedrada o’tiladigan fanlar.
Bakalavriat bo’yicha:
- Temirbeton va tosh konstruksiyalari
- Metall konstruksiyalari
- Yog‘och konstruksiyalari
- Qurilish konstruksiyalari
- Qurilish konstruksiyalarini loyihalashda kompyuter texnologiyalari
- Bino va inshootlarning texnik xolatini baholash
- Bino va inshootlarni rekonstruksiyasi
- Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish
- Metrologiya va standartlashtirish
Magistratura mutaxassisligi bo’yicha:
- Maxsus metall konstruksiyalar
- Maxsus temirbeton konstruksiyalari
- Temirbeton konstruksiyalarni loyixalash
- Qurilish konstruksiyalarini hisoblashni avtomatlashtirish
- Bino va inshootlar konstruksiyalarining shikastlanish sabablari va buzilish oqibatlari
- Zamonaviy yog’och konstruksiyalari
- Zamonaviy arxitektura konstruksiyalari
- Elastiklik, plastiklik va sirpanuvchanlik nazariyasi
- Binolarni bosqichma bosqich tiklashini e’tiborga olib PK Lira dasturida nochiziqliligi va dinamik hisobi
- Inshootlarni sinash