“QURILISH” FAKULTETI FAOL YOSHLARI TOMONIDAN VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

#5_tashabbus
#voleybol

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Qurilish” fakulteti tomonidan 5 muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

O‘yin juda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. O‘yin natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagi o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar:

I o‘rin 104-bino va inshootlar qurilishi guruhi jamoasi;
II o‘rin 101-hayot faoliyati xavfsizligi guruhi jamoasi;
III o‘rin 103-bino va inshootlar qurilishi guruhi jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Tashkilotchi va ishtorokchilarga SamDAQI Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi hamda SamDAQI yoshlari nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 

  

SamDAQI Axborot xizmati