Abiturientlar diqqatiga! SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI DOIRASIDA O‘QISHGA TAKLIF ETADI!
Abiturientlar diqqatiga!
SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI DOIRASIDA O‘QISHGA TAKLIF ETADI!
__________________________
Belarus Respublikasining, Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda:
Bakalavriatura (kunduzgi):
• Arxitektura (turlari bo‘yicha); (2+3), kvota 25 ta;
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), kvota 25 ta.
*izoh: talabalar Arxitektura yo‘nalishi uchun (2+3) 2 yil SamDAQI da, 3 yil Belarus milliy texnika universitetida, qolgan barcha yo‘nalishlar (2+2) 2 yil SamDAQI da, 2 yil Belarus milliy texnika universitetida ta’lim olishadi.
__________________________
Rossiya Federatsiyasi, Moskva davlat qurilish universiteti bilan hamkorlikda:
Bakalavriatura (kunduzgi):
• Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha), kvota 25 ta;
• Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, kvota 25 ta.
*izoh: talabalar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha (2+2) 2 yil SamDAQI da, 2 yil Moskva davlat qurilish universitetida ta’lim olishadi.
__________________________
Polsha Respublikasi, Belostok texnika universiteti bilan hamkorlikda:
Magistratura (kunduzgi) 1+1:
• Oqova suvlarni tozalash va suv resurslarini muhofaza qilish, kvota 15 ta.
*izoh: talabalar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha (1+1) 1 yil SamDAQI da, 1 yil Belostok texnika universitetida ta’lim olishadi.
__________________________
Qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga O‘zbekiston va hamkor davlatda tan olinadigan 2 ta diplom beriladi;
Barcha ta’lim yo‘nalishlari shakli: kunduzgi (to‘lov shartnoma asosida)
Barcha ta’lim yo‘nalishlari o‘qitish tili: rus tili
Abiturientlardan talab etiladigan hujjatlar:
1. Pasport nusxasi (asli o‘qishga kirgandan so‘ng ko‘rsatiladi);
2. O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limi diplomi/shahodatnomasi;
3. 3x4 foto;
4. Abiturient xorijiy tilni bilish bo‘yicha sertifikat (agar IELTS/TOEFL ga ega bo‘lsa).
__________________________
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning barchasi elektron tarzda admission.samgasi.uz sayti orqali 2021 yilning 30 sentabr kuniga qadar qabul qilinadi.
ESLATMA!
O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son (https://lex.uz/docs/3244181)qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha boshqa OTMga o‘qishni ko‘chirish ruxsat etilmaydi.
__________________________
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
+998866 237-13-14
+998866 237-20-90
+998866 237-47-33
SamDAQI Axborot xizmati