Qishloq hududlarini arxitektura-loyixaviy tashkil etish

   Kafedra mudiri:  Arx.f.n. dosent Muxsin Xidirov

   Telefon: (998 91) 525-69-84

   Еlektron manzili: mmhid@umail.uz

 

 

 

   

 

Kafedra tarixi

   Qishloq arxitekturasi kafedrasi 2010 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan “Qishloq xududlarini arxitekturaviy loyixaviy tashkil etish” yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar  va magistrlar tayyorlash  maqsadida tashkil etildi.
   Kafedraning tashkil topishida va rivojlantirishda arxitektura  fakultetida  faoliyat yuritib kelgan  dosent M. Xidirov , katta o’qituvchi B. Saidova, katta o’qituvchi M. Xamidjonov, katta uqituvchi. R. Zoirov, katta o’qituvchi U. Mamatqulov, dotsent v.b. S. Manoyev, katta o’qituvchi  L. Raximov,  D. Lukmonov, D. Adilova, F. Nasriddinov,  ishlab chiqarishdan katta o’qituvchi I. Sultonov, assistent A. Rayimqulov  va N. Muxammadievalar o’z hissalarnini qo’shib kelmoqdalar.
   Hozirgi vaqtda “Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish”  kafedrasi O’zbekistonda qishloq qurilishi va qishloq hududlarini  arxitekturaviy  loyixaviy tashkil etish bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yagona maskan bo’lib, talabalar o’qish jarayonida qishloq arxitekturasi sohasida har tamonlama tayyorgarlikga ega bo’ladilar. Bituruvchilar kasbiy masalalarni yechishda tizimli va har tamonlama yondoshish ko’nikmalariga ega buladilar.
   Kafedra talabalarini o’qitishda arxitektura sohasi korxonalari bilan  o’zaro hamkorlik  ishlarini yo’lga qo’yib, bozor iqtisodiyoti talablari asosida  amaliyotda mavjud muammolarni yecha oladigan kadrlar tayyorlashga asosiy e’tibor qaratadi.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishlari:

  • 5341000 – “Qishloq hududlarini arxitektura loyixaviy tashkil etish”.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar: 

  • Arxitekturaviy loyixalash asoslari
  • Arxitekturaviy kompozisiya asoslari
  • Arxitekturaviy grafika
  • Arxitekturaviy loyixalash
  • Qishloq turar joy va jamoat binolari tipologiyasi
  • Landshaft arxitekturasi
  • Qishloq aholi punktlarini arxitekturaviy rejalashtirish
  • Qishloq bosh tarxlari
  • Aholi punktlari  jamoat markazlari

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy  ishlar:

  • Loyixa nomi:  O’rta Osiyo arxitekturasi va shaxarsozligining dolzarb muammolari.
  • Loyixa turi: Ilmiy – amaliy
  • Loyixa raxbari:  arx. f.n. dosent. Muxsin Xidirov

Loyixa bajaruvchilari:

  • I. Sultanov
  • L. Raximov
  • U. Mamatqulov
  • S. Manoyev
  • F. Nasriddinov

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy – uslubiy ishlar:

  • M.Xidirov – “Qishloq turar- joy va jamoat binolari tiplogiyasi” fanidan O’quv –uslubiy majmua
  • L. Raximov - “Arxitekturaviy loyixalash” fanidan O’quv – uslubiy majmua
  • U. Mamatqulov – “Arxitekturaviy loyixalash asoslari” fanidan O’quv – uslubiy majmua.
  • D. Lukmonov, D. Adilova – “Arxitekturaviy loyixalash va grafika” fanidan O’quv – uslubiy majmua.
  • S. Manoyev – “BIM texnologiyalari” fanidan O’quv – uslubiy majmua