Qahramon oilasiga tashrif
Qahramon oilasiga tashrif
Inson umri oqar daryo deydilar. Shunday ekan insonning umri uning uzoq vaqt yashashi bilan o‘lchanmaydi. Uzoq umr ko‘rish mumkin, lekin jamiyat, xalq farovonligi uchun hech qanday foydali ish qilmay bu dunyoni tark etish mumkin. Bunday odamlarni ma’lum bir muddatda og‘ainilari, qarindosh urug‘lari eslab yurishi mumkin. Keyin esa ular bir-ikki avloddan keyin xotiradan unutila boshlaydi.
Lekin shunday insonlar borki, ular juda qisqa umr ko‘rishi mumkin. Ammo ular Vatan uchun, Vatanimizning himoyasi uchun inson uchun eng aziz bo‘lgan o‘z jonlarini fido etib, o‘z xalqining qalbidan umrbod joy olishi mumkin.
14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni ” munosabati bilan Bulung‘ur tumani R.Saipova ko‘chasi, 17 uyda 1977 yilda tavallud topgan, Vatanimiz chegaralarini dushmandan himoya qilish vaqtida qo‘rbon bo‘lgan hamyurtimiz Rajabov Ma’rufjon xonadoniga tashrif buyurildi.
Institutdan tashrif buyurganlarni xonadon egalari, qaxramonimizning otasi Rajabov Axmad aka va uning onasi Rajabova SHakarbonular ochiq chexra bilan kutib olishdi.
Suhbat davomida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Ma’rufjon yoshligida bilimga chanqoq, vaqtini behuda o‘tkazmaydigan, yomon bolalarga qo‘shilmaydigan farzand bo‘lib o‘sgan ekan.
Albatta, buning zaminida uning ota-onasi bergan yaxshi tarbiya yotibdi.
Ma’rufjonda O‘zbekiston milliy Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish orzusi uning akasi Rajabov To‘lqin harbiy ofitser bo‘lganligi sababli bolalik chog‘laridayoq juda erta o‘yg‘ongan. Muddatli harbiy xizmatni ado etgach, kontrakt asosida harbiy xizmatni chegara qo‘shinlari safida davom ettirdi.
Afsuski uni bu orzulari ruyobga chiqmadi. O‘zbekiston chegaralarini bo‘zib, mamlakatimiz ichkarisiga kirishga o‘ringan bir tuda terroristik kuchlar bilan bo‘lgan jangda Ma’rufjon qahromonlarcha halok bo‘ldi.
Ma’rufjonning bu qaxramonligini Vatanimiz unutmadi. Uning bu jasurligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yuksak baholandi va u o‘limidan keyin “Jasorat” medali bilan taqdirlandi va Ma’rufjon yashagan ko‘chaga uning nomi berildi.
Uzoq davom etgan suhbatdan so‘ng Ma’rufjonning otasi Rajabov Axmadga suhbat davomida rassom va haykaltarosh, “Tasviriy san’at” kafedrasi mudiri Tulagan YOrqulov tomonidan chizilgan portret hamda institut rektori S.I.Axmedov nomidan moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdusamatov, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.S.Egamovlar qaxramonning ota-onalariga qimmatbaho sovg‘alar topshirishdi.