O‘QISH-ISH FAOLIYATIDAGI SIFATNI OSHIRISH UCHUN, AVVALO, SHAXS O‘ZIDA PSIXOLOGIK IMMUNITETNI OSHIRIB BORISH KERAK
Qurilish fakulteti HFX yo‘nalishi 101-guruh talaba-yoshlariga institut psixologi S.Otayorov seminar-trening o‘tkazdi.
Seminar-trening avvalida HFX kafedrasi mudiri dotsent Razzoqov va insitut psixologi o‘zining psixologik motivatsiyaga boy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, talabalarning kundalik hayotidagi doimiy qiladigan ishlarni tartibga solish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi va talabalar tomonidan qiziqtirgan shaxsiy rivojlanish borasidagi savollarga javob berdi.
Shuningdek, tadbirda guruh murabbiyi S.Ro‘ziyev ham o‘zining ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
SamDAQI Axborot xizmati