Profilaktik tadbirlar o’tkazildi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 sentabrdagi 87-02-2498-sonli modemnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasining joriy yil 1-yarmi davomida oliy ta’lim muassasasi talabalari va kollej o‘quvchilari tomonidan narkotik moddalar bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma institut talaba-yoshlari orasida keng muhokama qilindi. Ma’lumotnomaga muvofiq keltirilgan jinoiy holatlarni sodir etilishini oldini olish borasida institut fakultetlari kesimida turli xil profilaktik tadbirlar o’tkazildi.
Xususan, 2018 yil 14 sentabr kuni qurilishni boshqarish va qurilish fakultetida, 15 sentabr kuni muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakultetida “Narkotik moddalar bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari” mavzusida, arxitektura fakultetida “Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlarda institut professor-o’qituvchilari tomonidan talaba-yoshlarga Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 sentabrdagi 87-02-2498-sonli modemnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasining joriy yilning 1-yarmi davomida oliy ta’lim muassasasi talabalari va kollej o‘quvchilari tomonidan narkotik moddalar bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tanishtirildi va muhokama etildi. Tadbirlarda hozirgi kunda butun dunyo giyohvandlikka qarshi kurash olib borayotgani, ammo, bu illat girdobiga bilib-bilmay tushib qolayotgan yoshlarimiz afsuski, uchrab turayotgani hamda buning oqibatida ko‘plab ko‘ngilsizliklar sodir bo‘layotgani ta’kidlandi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra joriy yilning 1-yarim yil yakuni bo‘yicha narkotik moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni sodir etgan talabalar soni 10 tani tashkil etishi, ayniqsa, shundan 9 nafari kollej o‘quvchisi ekanligi nihoyatda tashvishli holatdir. Jinoyat sodir etish shaxsning faqat o‘zini ma’lum bir huquqlarini cheklamasdan balki, uning yaqin kishilarini ham iztirob chekib, sog‘liklariga, sha’ni, obro‘-e’tiboriga ham zarar yetkazadi.
O’tkazilgan profilaktik tadirlarda talaba-yoshlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi hamda barcha o’zlari tengi yoshlarni bu kabi illatlardan holi yashashga chaqirishdi.