Institut professor-o‘qituvchilari HAMDA TALABALAR diqqatiga!
#MicrosoftTeams #dastur #seminar_trening
______________
Talabalar uchun qo‘shimcha axborot
#MicrosoftTeams #dastur
“Microsoft Teams” dasturiga kirish uchun vaqtinchalik parolni fakultet dekanatlariga murojaat qilib olishlari mumkin.
_______________
Institut professor-o‘qituvchilariga ham “Microsoft Teams” dasturiga kirish uchun vaqtinchalik parollar Raqamli texnologiyalar markazi tomonidan kafedralar kesimida yetkaziladi. Shundan so‘ng login va parollarni kafedra mudirlariga murojaat qilib olishlari mumkin bo‘ladi.
Dastur bo‘yicha qo‘shimcha axborot materiallari tayyorlanmoqda.
_______________
Ayni vaqtda “Microsoft Teams” dasturi bo‘yicha quyidagi ishlar olib borilmoqda:
1. Institutning ATM xodimlari tomonidan “Microsoft Teams” dasturida professor-o‘qituvchilar uchun 3 ta guruh (har birida 240 nafar a’zoga ega) tashkil qilinmoqda;
2. Barcha institut professor-o‘qituvchilari ATM xodimlari tomonidan mazkur 3 ta guruhga ajratiladi va yo‘naltiriladi.
3. Ertaga (22.01.2022) 1-guruh uchun soat 12:00 da, 2-guruh uchun soat 12:30 da, 3-guruh uchun soat 13:00 da “Microsoft Teams” dasturida ATM xodimlari tomonidan onlayn trening o‘tkaziladi. Barcha professor-o‘qituvchilar belgilangan vaqtda “Microsoft Teams” dasturi orqali onlayn shaklda treningda ishtirok etishlari so‘raladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.
SamDAQI Axborot xizmati