PROFESSOR MEHDI MAKVANDINI BILAN ONLAYN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
2021 yil 12 may kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida Xitoy, Yaponiya va Korea kabi ilgʻor davlatlarning nufuzli OTMlar bilan nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi tomonidan Wuhan University of technology (Xitoy) yetakchi professori Mehdi Makvandini (PhD) bilan “Qurilish materiallari, buyumlari” fanidan ma’ruza darsi onlayn tashkil etildi.
Tashkil etilgan onlayn uchrashuvda o‘zaro bilim va ko‘nikmalar almashildi, fan bo‘yicha jahonda olib borilayotgan tadqiqot ishlari, yangiliklar xususida so‘z yuritildi. Ma’ruzada institut “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda magistrantlar ishtirok etdilar.
SamDAQI Axborot xizmati