MEN ABDUQODIR TOSHQULOVNI SINAB KOʻRDIM — PREZIDENT YANGI OLIY TAʼLIM VAZIRI HAQIDA

Prezident 19-yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini takomillashtirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yaqinda tayinlangan oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov zimmasiga koʻplab vazifalar yuklatilganini aytib oʻtdi. Bu haqda “Gazeta.uz” muxbiri xabar berdi.

“Yangi vazirni sinash shart emas. Men uni sinab boʻldim. Agar unga qandaydir rektor yoqmasa, u (rektor) ketadi. Men unga katta vazifalar yukladim. U uxlamay ishlaydi”, — dedi davlat rahbari.

“Toshqulov qishloqdan, u qishloq „hidini“ biladi, muammolarni biladi. Koʻpchilik aytyapti: „Koʻramiz, qancha chiday olarkan“ deb. Koʻramiz. Men bilaman buni kim aytganini”, — deb aytgan prezident.

Shavkat Mirziyoyev rektorlar dars bermasligini yoki faqatgina 10% vaqtini dars berishga ajratishini aytgan. Rektorlar dars bermasa, tarbiya va madaniyat masalalari bilan shugʻullanishi kerakligi taʼkidlangan.

SamDAQI Axborot xizmati