Potsdam amaliy fanlar universitetining (Germaniya) yetakchi professorlari tashrif buyurishdi

Joriy yilning 14 sentabrida MIrzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Potsdam amaliy fanlar universitetining (Germaniya) yetakchi professorlari Volker Bley, Markus Tubbesing, Shtefan Laue, Yorg Ryoder tashrif buyurishdi.

Tashrifdan maqsad – “O‘zbekistonda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishda innovatsion uslublar va ta'lim transferi” loyihasi doirasida institutning professor-o‘qituvchilari va magistrant talabalariga ma'ruza darslarini tashkil etish boʻlib, hamkorlik hamda malakaviy bilimlarni almashish koʻzda tutilgan.

  

 

  

 


SamDAQI Axborot xizmati