“O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!”
2021 yilining 25 sentabr kuni Samarqand shahridagi Mo'jiza amfiteatrida “O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Elimiz suygan san'atkorlar va estrada xonandalari ishtirokida bo'lib o'tgan madaniy tadbir oldidan bir guruh faol yoshlar, yosh tadbirkorlar, yoshlar yetakchilari hamda yoshlar siyosati sohasida faoliyat olib borayotgan mas'ul rahbarlar taqdirlandi.
Jumladan, SamDAQI yoshlar masalalari, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor Orif Xaitov viloyat miqyosidagi OTMlar ichida "Eng yaxshi prorektor" deb topildi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.
SamDAQI Axborot xizmati