O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
#SamDAQI #targibot
2021 yil 9 sentabr kuni institut kichik faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi mazmun-mohiyatini arxitektura fakulteti talaba-yoshlari orasida targ‘ib qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Targ‘ibot tadbirida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Ch.Xushmurodova, “Arxitektura” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Jamolov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Azimov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Q.Mamarahimov, institut psixologi S.Otayorov hamda arxitekura fakulteti talabalari ishtirok etishdi.
SamDAQI Axborot xizmati