Oʻzbekiston Ekologik partiyasi vakillari bilan davra suhbati

Xabaringiz bor Respublikamiz bo‘ylab “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura kurilish institutida joriy yilning 28 may kuni Oʻzbekiston Ekologik partiyasi vakillari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Oblomurodov Narzullo Naimovich, hamda Oʻzbekiston ekologik harakati Samarqand viloyat hududiy boʻlinmasi rahbari Abdullayev Baxtiyor Nosirovich SamDAQI v.v.b. rektori Isakov Erkin Xo‘jayorovich hamda institut professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda “Atrof muhitni muxofaza qilishda qurilish loyihalari va jarayonlarining oʻrni” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Suhbatdan so‘ng qizg‘in savol javoblar olib borildi.

  

  

 


SamDAQI Axborot xizmati