O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT QIL!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning ma’daniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha 2019 yil 4 may kuni “Arxitektura” fakulteti 203-dizayn guruhi murabbiyi Otabek Babakandov tashabbusi bilan Toshkent shahriga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida “Zangiota ziyoratgohi”, “Yapon bog‘i”, “Landscape Open” festivali, “Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi”, “Toshkent hayvonot bog‘i” va poytaxtimizdagi zamonaviy bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.203-dizayn guruhi aynan landshaft yo‘nalishida bo‘lganligi sababli sayohatdan ulkan ijobiy taassurotlar bilan qaytdilar.