“Oʻzbek tilim, ona tilim, oʻz tilim” mavzusida adabiy-badiiy kecha

2021 yil 21 oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 21 oktabr— Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan sanaga bagʻishlangan “Oʻzbek tilim, ona tilim, oʻz tilim” mavzusida adabiy-badiiy kecha tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Ch.Xushmurodova, “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri A.Qurbonov, SamDAQI Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi BT yetakchisi L.Usmonov, institut psixologi S.Otayorov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimlari, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-oʻqituvchilari, fakultet yetakchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Boshlovchilar adabiy-badiiy kecha tadbirini oʻzbek tiliga bagʻishlangan sheʼrlar bilan boshlab berishdi hamda quyida qisqacha mazmundagi soʻzlar eslatilib oʻtildi. Ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani ulugʻ neʼmatdir. Istiqlolimiz til erkinligidan boshlandi. Zero, “Til mustaqilligi–el mustaqilligi”dir. Har bir mamlakat qadrini, til qadrini, xalq qadrini uning isteʼdodli farzandlari koʻtaradi. Ona tiliga eʼtibor va ehtirom bilan qaramoq, uning har bir soʻzi qatlariga yashiringan maʼno jilolariyu mazmun teranliklarini idrok etib, ulardan huzurlanmoq, bu muqaddas xilqatda tin olgan ajdodlar ruhini his qilmoq va bu xilqatni fidoiylik bilan asramoqqa hamisha hozir boʻlmoq shu Vatan farzandining oliy burchidir. 

Tadbir soʻnggida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Ch.Xushmurodova adabiy-badiiy kechani yakunlab berib, tadbir ishtirokchilariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

 

  

   

 


SamDAQI Axborot xizmati