OTA-ONALAR BILAN UCHRASHUV

#uchrashuv

Joriy yilning mart oyida ta’lim jarayonida ota-onalar bilan hamkorlik qilishni yanada kengaytirish maqsadida “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi tashabbusi bilan “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” ta'lim yo‘nalish 1-2-3-4-bosqich talabalarining ota-onalari bilan institutda uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, “Qurilish” fakulteti dekani A.Bayzakov ishtirok etdilar. Tadbirda tanqidiy tahlil bilan birga o‘zining xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan hamda a'lo baholarga tahsil olayotgan talabalarning ota-onalariga rahbariyatning tashakkurnomalari taqdim etildi. Uchrashuv doirasida ota-onalar institutda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi hamda institut muzeyiga sayohatlar tashkil qilindi.

 

  

   

  

.

  


SamDAQI Axborot xizmati