“O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan katta bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi

#qutlov #murabbiylar_kuni

Samarqand shahrining “Mo‘jiza” amfiteatrida Samarqand viloyat hokimligi tomonidan 1 oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan katta bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etib Viloyatda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, ta’lim-tarbiya tizimidagi ko‘p yillik mehnati, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatishdagi fidoyiligi hamda 1 oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutidan 2 nafar professor o‘qituvchilari dotsent O‘sarov O‘ktam Turatovich hamda Ibragimov Abdijabbar viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i va qimmatbaxo sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ustozlarni SamDAQI jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.


SamDAQI Axborot xizmati