“Muallim — olamning yorug‘ chirogʻi”

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 1 oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami erta tongdan ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Barcha fakultetlarda dars jarayonlari boshlanishidan oldin professor-o‘qituvchilar talaba-yoshlar tomonidan munosib kutib olindi.

Yoshi ulug‘ professor-o‘qituvchilar hurmat va ehtirom shuningdek e’tibordan qo‘llarini duolarga ochib yaxshi tilaklar bildirdilar.

#1oktabr #murabbiylar_kuni
#SamDAQI

 

  

  

  

  

  

 

Badiiy qism, “Muallim — olamning yorug chirogʻi” deb nomlangan konsert dasturidan yorqin lahzalar.

 

   

   

   

   

  

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 1 oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan katta bayram shodiyonalari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori Chidem Janbay Turkyilmaz xonim so‘zga chiqib institutda faoliyat olib borayotgan barcha professor-o‘qituvchilarni professional kasb bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etdi.

Tabrik so‘zidan so‘ng “Muallim — olamning yorug‘ chirogʻi” shiori ostida oʻtkazilgan 1 oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan Oliy taʼlim tizimida samarali faoliyat koʻrsatib, taʼlim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda oʻz pedagogik mahorati bilan faollik koʻrsatayotgan hamda yosh avlodni tarbiyalashdek masʼuliyatli vazifalarni bajarishdagi faolligi uchun bir guruh o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hamda institut ma’muriyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Tadbirning badiiy qismida 5 tashabbus markazining faol talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoa tomonidan yig‘ilganlarga kuy-qo‘shiqlar o‘qituvchi va murabbiylarga bag‘ishlangan ajoyib sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

 

   

    

   

  

 


SamDAQI Axborot xizmati