OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI AXBOROTI

#Rasmiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axboroti

Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yil 16 yanvardan barcha onlayn shaklda o‘qiyotgan talabalar uchun o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi, degan noto‘g‘ri xabarlar tarqaldi.

 

Shuni rasman ma’lum qilamizki, oliy ta’lim muassasalarining barcha talabalarini to‘liq an’anaviy ta’lim shakliga o‘tkazish rejalashtirilmagan.

Mazkur masalada yangilik bo‘lsa, vazirlik rasmiy veb-sayti va telegram kanali orqali ma’lum qilinadi.

 

OO‘MTV Axborot xizmati