OLIY TA’LIM MUASSALARIDA KREDIT-MODUL TIZIMINI JORIY ETILISHI HAQIDA

#kredit_modul #seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 8 oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga ko‘ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. 2020-2021 o‘quv yilining o‘zida mamlakatimizdagi 33dan ortiq yirik OTMlar kredit-modul tizimiga o‘tildi. Ushbu OTMlar qatorida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida ham 2020-2021 o‘quv yilidan o‘quv jarayonida kredit-modul tizimi joriy etildi. (1 bosqich kunduzgi va sirtqi bakalavr yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxasssisliklari).

2021 yil 9 fevral va 10 fevral kunlari O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. U.Nazarov, o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i A.Axunjanov, o‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi M.Yuzbayeva hamda TATU Samarqand filiali “Kopyuter injiniringi” fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini M.Vaydullayev hamkorligida “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizom”ni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trenininglar tashkil etildi.

Seminar-treningda “Kredit-modul tizimiga o‘tish nima uchun kerak?”, maqsadi, mohiyati va afzalliklari, kredit-modul tizimining asosiy vazifalari haqida tushunchalar berildi.

 

  


SamDAQI Axborot xizmati