“OILA BARQARORLIGI — JAMIYAT TARAQQIYOTIDIR” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 29 mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti kichik faollar zalida institut xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan “Oila barqarorligi — jamiyat taraqqiyotidir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Suhbatda Samarqand shahar “Oila markazi” rahbari H.Zohidova, FHDYO xodimi Sh.Nurullayeva, institut “Salomatlik markazi” shifokori N.Sultanova, hamshira N.Nasriddinova, institut psixologi, fakultet dekan muovinlari va 100ga yaqin talabalari qatnashdilar.
Tadbirni institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Boboqulova kirish so‘zlari bilan ochib berdi va so‘zni Samarqand shahar “Oila markazi” rahbari H.Zohidovagа berdi ma’ruzachi o‘z mar’ruzasida talabalarga oilaning huquqiy asoslari hamdа oilada er va xotinning huquqiy burch va vazifalari haqida ma’lumot berdi.
Institut psixologi S.Otayorov institut “Salomatlik markazi” shifokori N.Sultanovalar oilaviy barqarorlik, sog‘lik-salomatlik sirlari bo‘yicha talabalarga qiziqarli ma’lumotlar berdilar.Davra suhbati davomida talabalar tomonidan mavzu doirasida berilgan savollarga mutxassislar tomonidan to‘liq javob berildi.