“OFARIN QIZLAR" KOʻRIK TANLOVI

#5_tashabbus #tanlov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarini yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta tashabbusni amalga oshirish dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadidagi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “Qizlar davrasi” koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish” toʻgʻrisidagi 2020-yil 16-yanvardagi 87-04-149 modemnomasi ijrosini taʼminlash va institut talaba-qizlarini oilaviy hayotga tayyorlash, jamiyat va oiladagi maʼnaviy-axlokiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid masalalarni ular ongiga singdirish maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 17-mart kuni institut Xotin-qizlar kengashi va Yoshlar ittifoqi institut boshlangʻich tashkiloti, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tomonidan tashkil qilingan “Qurilishni boshqarish”, “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi”, “Arxitektura” fakultetlari “Qizlarjon” klubi talaba-qizlarining oʻzaro bellashuvi boʻlib oʻtdi.

Bellashuvda “Qurilishni boshqarish” fakultetining “Oʻzbegim qizlari”, “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” fakultetining “Muhandis qizlar”, “Arxitektura” fakultetining “Marvarid” jamoalari 4 ta shart yuzasidan oʻzlarining zukkolik, kitobxonlik, pazandalik, chaqqonlik, nafosatliliklarini namoyish qildilar.

Bellashuvda hakamlar hayʼatining raisi M.Boboqulova, M.Axrorkulova, G.Boboyeva, B.Axmedova, N.Sultonovalar hakamlar hayʼati aʼzolari sifatida bellashuv qatnashchilarini adolatli ravishda baholab bordilar.

Tadbir soʻnggida bellashuv ishtirokchilariga “Tashakkurnoma” va esdalik sovgʻalari topshirildi.

  

  

 

  

 


SamDAQI Axborot xizmati