OCHIQ MULOQOT: TALAB VA TAKLIFLAR IJROSI TA’MINLANADI

#talabalar_hayoti

Joriy yilning 8 fevralida institut rahbariyati va 1-sonli talabalar turar-joyida yashovchi talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

 

  

  

Muloqotda insititut rektori S.Axmedov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor A.Rajabov hamda SamDAQI Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi L.Usmonovlar yoshlarning taklif va talablarini eshitdilar.

Talabalar muloqot davomida insitut tomonidan yaratib berilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini aytib o‘tdilar, ammo ba’zi texnika vositalari ya’ni kir yuvish mashinalaridan foydalanishda navbatlar bo‘lyotganligi haqida ham ma’lumot berishdi. Bunday holat talabalarning vaqtlarini ozgina o‘g‘irlanib qolayotganligi, darsga sarflamoqchi bo‘lgan vaqtlari esa navbat kutish bilan o‘tib ketayotganliklari haqida fikrlarini bildirib rahbariyatdan amaliy yordam berishlarini so‘radilar.

Kir yuvish mashinalari bilan bo‘lgan muammo rahbariyat tomonidan joyida hal etildi, 10 kun muddat ichida talabalar turar joyida qo‘shimcha texnikalar keltirilishi va’da qilindi.


SamDAQI Axborot xizmati