TALABALAR TURAR JOYI TALABALARI BILAN NAVBATDAGI OCHIQ MULOQOT

Joriy yilning 14 may kuni 1-2-sonli talabalar turar joyi talabalari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.Muloqotda Yoshlar bilan ishlash prorektori Orif Haitov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, talabalar turar joyi tarbiyachilari va komendantlar ishtirok etib, talabalarning fikr-mulohazalari va takliflarini eshitdilar.Talabalar tomonidan shaxmat-shashka, voleybol sport turlari bilan shug‘ullanish uchun kerakli sport anjomlari yetishmayotganligi bo‘yicha murojaat qilishdi va bu murojaat joyida hal etildi.Bundan tashqari yaqinda kapital ta’mirdan chiqqan talabalar turar-joylarida odob-axloq qoidalariga rioya qilib, yangi jihozlarni asrab avaylab foydalanish haqida yana bir bor eslatib o‘tildi.