IJTIMOIY MUHOFAZAGA MUHTOJ O‘G‘IL BOLALARGA OCHIQ ESHIKLAR KUNI TASHKIL ETILDI

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hamda 64-sonli alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj o‘g‘il bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati ma’muriyati bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 oktabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek ularni Oliy ta’lim muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, maqsadida 32 nafar tarbilayalanuvchi bolalarning institutdagi shart sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

 

Dastlab bolalar institut muzeyi bilan tanishdilar. Muzeyda institut tarixi, institut va talabalar tomonidan erishilgan yutuqlar, innovatsion loyiha maketlari san’at asarlari bilan yaqindan tanishdilar.“KNAUF” maslahat markazida esa “Interyer dizayn, zamonaviy uy-joylarni lohiyalash ishlarida qanday hom ashyolar bilan foydalaniladi?”, “Ish qurollari bilan qanday ishlash kerak?” kabi savollarga javob oldilar. Shuningdek zamonaviy standartlarga javob beruvchi “KNAUF” maslahat markazining o‘quv sharoitlari va amaliyot xonalari bilan tanishdi.

  

  

Institut kichik majlislar zalida davra suhbati tashkil etilib, Oliy dargohda ta’lim berayotgan professor-o‘qituvchilar, institut faoliyati, fakultetlar, kafedralar, guruh yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Suhbat so‘ngida bolajonlarning fikrlari ham tinglandi:
— Men bu institutga kirib kelishim bilan, menga ko‘proq institut hududidagi landshaft arxitekturasi, muzeylardagi maketlar va san’at asarlari judayam yoqdi, - deydi Saidahmad Mo‘minjonov.

— Institut va shu ta’lim muassasasida ta’lim olgan talabalarning erishgan yutuqlarini ko‘rib men ham faxrlandim, men ham aka opalarim singari bu dargohda ta’lim olishni xohlar edim, mana shunday ma’lumotlarni bizga yetkazgan ustozlarimizga o‘zim va bolalar nomidan rahmat aytib qolaman, - deb fikr bildirdi Jonijahon Jo‘rayev.

Tadbir so‘ngida bolajonlarga arxitektura fakultetining “Dizayn asoslari” va “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedralari talabalari tomonidan yaratilgan kichik arxitekturaviy maketlar sovg‘a qilindi.