SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI O‘ZBEKISTON TARIXI FANI DARS MASHG‘ULOTLARINING TEGISHLI JOYLARDA SAYYOR DARSLARI O‘TKAZILDI

Katta o‘qituvchi L.Xasanovaning “O‘zbekiston madaniyati tarixi” muzeyida “Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot” mavzusida Arxitektura ta’lim yo‘nalishi 103-Arxitektura, 103-KHALTE guruhlarida sayyor dars mashg‘uloti 2019 yil mart oyida bo‘lib o‘tdi. Sayyor dars mashg‘uloti davomida o‘qituvchi muzeydagi eksponatlardan foydalanib, talabalarga mavzuni tushuntirib berdi. Jumladan, Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayotning tushuntirilishi davomida muzeydagi tangalar, sopol idishlar, qurol-yarog‘lar, hunarmandchilik ashyolari kabi eksponatlardan foydalanishi dars mashg‘ulotining jonli, shu bilan birgalikda qiziqarli olib borildi.

Katta o‘qituvchi Q.Nurboyevning 2019 yil 15 may kuni Qurilish ta’lim yo‘nalishi 105-BvaIQ guruhi talabalari bilan “O‘zbekiston madaniyati tarixi” muzeyida O‘zbekiston tarixi fanidan “O‘zbekiston hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, sabablari va oqibatlari” mavzusida sayyor dars mashg‘uloti samarali tashkil qilindi. Chunki talabalar XVI-XIX asrlar muhitini ko‘z oldida keltirgan holda xonliklar davrida madaniy hayot, san’at, hunarmandchilik sohalari bilan yaqindan tanishdi. Jumladan xalqimizning kiyinish madaniyati, yashash tarzi, o‘sha davr taqinchoqlari va qurol-yaroqlari bilan yaqindan tanishdilar. Sayyor dars mashg‘uloti talabalarda bilimlarini amalda qo‘llashlari uchun xos ko‘nikmalar shakllanishiga ijobiy ta’sir etdi.

O‘qituvchi J.Begaliyevning 2019 yil 15 may kuni Qurilish ta’lim yo‘nalishi 102-QMBICHT guruhi talabalari bilan O‘zbekiston tarixi fanidan “O‘zbekiston mustaqillikka erishishi arafasida (1989-1991)” mavzusida sayyor dars mashg‘uloti Islom Karimov maqbarasida tashkil etilshi sifat ko‘rsatkichiga erishishda ahamiyatli bo‘ldi. Zero, talabalar O‘zbekiston mustaqillikka erishishida Islom Karimovning o‘rni qanchalar buyuk ekanligini ziyoratga kelayotgan minglab o‘zbekistonliklarning harakatlaridan ham angladilar. “Farg‘ona voqealari”, “Paxta ishi”ning bartaraf etilishi, O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi, Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi, O‘zbekistonning jahon miqyosida tan olinishi kabi buyuk ishlarning bevosita I.A.Karimov nomi bilan ko‘nikmalarini boyitishga sabab bo‘ldi.