Samarqand shahar transport va kommunal xo’jalik kasb-hunar kollejida “Badiiy kurinishdagi shriflarni yozish” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.
Samarqand shahar transport va kommunal xo’jalik kasb-hunar kollejida “Badiiy kurinishdagi shriflarni yozish” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.
Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o’quv jarayonlarini takomillashtirish o’quv-uslubiy adabiyotlar axborot resurslari bilan ta’minlashni yaxshilashga ko’maklashish, OTM bilan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 14 martdagi 109-sonli buyrug’i hamda Viloyat xokimligining 24.01.2015 yil №04/3-37-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar transport va kommunal xujaligi kasb-hunar kollejida arxitektura fakultetining “arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi o’qituvchilari I.T.Mahmatqulov, U.Z.Zubaydullayev va M.Imomovlar tomonidan “Badiiy kurinishdagi shriftlarni yozish” mavzusida ochiq dars mashg’uloti bo’lib o’tdi. Ochiq dars mashg’ulotida badiiy shriflarni tarixi, ularning qurish texnologiyasi va institut talabalari tomonidan bajarilgan kurs ishlaridan na’munalar va tarqatma materiallar innovasion texnologiyalar asosida yoritib berildi. Tadbir so’nggida kafedraning o’qituvchilari I.T.Mahmatqulov, U.Z.Zubaydullayev va I.Q.Eshatovlar tomonidan yaratilgan “Orderlarni o’rganish va taqqoslash” va “Me’moriy shriftlar asosida kompozisiya tuzish” mavzusidagi uslubiy kursatmasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Ochiq dars mashg’ulotiga kollejning arxitektura yo’nalishi o’quvchilari va shu sohaga qiziquvchi o’quvchilar ishtirok etishdi.
“Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi o’qituvchilari;
U.Z.Zubaydullayev I.T.Mahmatqulov I.Q.Eshatov