INSTITUTDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ma’muriyatining say-harakati tufayli №1-2-4 talabalar turar joyi hozirgi zamon talablariga javob beradigan darajada kapital ta’mirdan chiqdi va jihozlar bilan ta’minlandi. Hozirgi kunda talabalar turar joyiga talabalar joylashtirib kelinmoqda.

Institut hududida obodonlashtirish ishlari davom etib, hudud yo‘laklari qayta ta’mirlanmoqda. Hozirda institut rektorati old qismi tomoni landshaft yechimi loyihalanib yo‘laklarga plitkalar yotqizish ishlari olib borilmoqda.