“QURILISH” FAKULTETI YOSHLARI TOMONIDAN NAVOIYXONLIK KECHASI TASHKIL ETILDI

#Navoiyxonlik

Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati bilan 1-sonli talabalar turar joyi faollar zalida “Qurilish” fakulteti faol yoshlari tomonidan “Navoiyxonlik” kechasi tashkil etildi.

 

  

  

 

Yoshlar tomonidan Navoiy ijodiga oid g‘azal va ruboiylardan parchalar o‘qildi, shuningdek Navoiyning boy madaniy merosi va bugungi kundagi qadr-qimmati xususida fikr yuritildi.

Kechada institut Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Ch.Xushmurodova, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlangʻich tashkiloti yetakchisi L.Usmonov, “Qurilish” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan movini A.Kamolov va 107-BvaIQ guruh murabbiyi Z.Yasakov hamda ARM elektron kutubxona yetakchi mutaxassisi K.Abdullayevalar ishtirok etdilar.


SamDAQI Axborot xizmati