NAVOIY GʻAZAL VA RUBOIYLARI TURLI TILLARDA OʻQILDI

Bugun Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻi erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-oʻqituvchilar, yozuvchilar, shoirlar, talaba va oʻquvchilar bilan gavjum boʻldi.

Buyuk mutafakkir tavalludining 580-yilligi munosabati bilan bogʻ markazida oʻrnatilgan Alisher Navoiy haykali poyida tadbir oʻtkazildi. Unda buyuk bobokalonimizning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kundagi qadr-qimmati xususida fikr yuritildi. 

 

  

 

 

Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho maʼnaviy merosiga aylangani qayd etildi. Turli tillarda gʻazal va ruboiylaridan namunalar oʻqildi. 

Viloyat musiqali drama teatri sanʼatkorlari tomonidan Navoiy siymosi aks ettirilgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻydi.

Sanaga bagʻishlangan tadbirlar Samarqand shahridagi yoshlar markazida konsert dasturi va mushoira kechasi bilan davom etdi.


SamDAQI Axborot xizmati