Muvaffaqqiyatga erishgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar e'tirof etildi
#xushxabar
“Tasviriy san’at “ kafedrasi dotsenti Sultonova Dilshoda Namozovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi ilmiy kengash qaroriga asosan 2021 yil 30 yanvarda 291/1 sonli bayonnomasi bilan Arxitektura fanlari Doktori (DSc) Ilmiy darajasini qoʻlga kiritdi.
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Qo‘ldoshev Asliddin Tursunovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2021 yil 6 martdagi 294/1 sonli bayonnomasiga asosan dotsent Ilmiy unvonini qoʻlga kiritdi.
“Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mahmatqulov Ilhom Turdimurodovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Toshkent arxitektura-qurilish insituti huzuridagi ilmiy kengash qaroriga asosan 2021 yil 30 yanvarda 291/1 sonli bayonnomasi bilan Arxitektura fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Ilmiy darajasini qoʻlga kiritdi.
“Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Abduraimov Sherzod Muratkulovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Toshkent arxitektura-qurilish insituti huzuridagi ilmiy kengash qaroriga asosan 2021 yil 30 yanvarda 291/1 sonli bayonnomasi bilan Arxitektura fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Ilmiy darajasini qoʻlga kiritdi.
“Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi professori A.S.Uralov va “Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish” kafedrasi katta o‘qituvchisi L.Rahimovlar tomonidan tayyorlangan “Hindistonning Boburiylar davri arxitekturasi” nomli o‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-sonli buyrug‘iga asosan nashr ruxsatnomasi berildi.
“Qurilish konstruksiyalari” kafedrasi professori v.b. T.M.Mahmatqulov tomonidan tayyorlangan “Yog‘och konstruksiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-sonli buyrug‘iga asosan nashr ruxsatnomasi berildi.
Xabaringiz bor “Bino va inshootlar arxitekturasi” mutaxassisligi 2 bosqich magistranti Fozilov Temur Fozilovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.
Shu munosabat bilan 2 bosqich magistranti Fozilov Temur Fozilovichga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 2/3-son hay’at qaroriga muvofiq 2020-2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi guvohnomasi berildi.
Xabaringiz bor “Arxitektura” fakultetining 4 bosqich talabasi Hamzayeva Charos Hamza qizi O‘zbekiston Respublikasi Beruniy Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.
Shu munosabat bilan 4 bosqich talabasi Hamzayeva Charos Hamza qiziga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 59 sonli buyrug‘iga muvofiq 2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Beruniy Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi guvohnomasi topshirildi.
Xabaringiz bor “Arxitektura” fakultetining 4 bosqich talabasi Agamyan Sabrina Yureva O‘zbekiston Respublikasi Beruniy Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.
Shu munosabat bilan 4 bosqich talabasi Agamyan Sabrina Yurevaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 59 sonli buyrug‘iga muvofiq 2020-2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Beruniy Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi guvohnomasi topshirildi.
Xabaringiz bor “Arxitektura” fakultetining 4 bosqich talabasi Alijanova Matluba Shakirjon qizi O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.
Shu munosabat bilan 4 bosqich talabasi Alijanova Matluba Shakirjon qiziga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 59 sonli buyrug‘iga muvofiq 2020-2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov Davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi guvohnomasi topshirildi.
Muvaffaqqiyatga erishgan barcha professor-o‘qituvchilarni hamda talabalarni SamDAQI professor-o‘qituvchilar jamoasi hamda ma'muriyati, qolaversa butun talaba-yoshlar nomidan samimiy muborakbod etamiz!
SamDAQI Axborot xizmati