Mustaqillikning 27 yilligiga tayyorgarlik
Ma’lumki 2018 yil 28 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma etti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston mustaqilligining yigirma etti yilligi tantanalari «Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!» shiori ostida o‘tkaziladi.
Mazkur qaror bilan o‘zbek xalqining asriy orzusi, O‘zbekistonni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosiga aylantirgan mustaqillikning yigirma etti yilligini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlandi.
Shunga ko‘ra Samarqand Davlat Arxitektura Qurilish Institutida «Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!» g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturi asosida qizg‘in tayyorgarlik olib borilmoqda. Targ‘ibot-tashviqot a’zolari Mustaqillikning 27 yillik bayrami oldidan aholining keng qatlamlari o‘rtasida ma’rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Targ‘ibot- tashviqot ishlari orqali davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, ayniqsa, xalq bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sohani, xususan, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, turizm va sport tarmoqlarini rivojlantirish, tinchlik-osoyishtalik va xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, tashqi siyosat sohasida barcha uzoq va yaqin davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni jadal rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mazmun-mohiyatini ilmiy-ma’rifiy asosda, hayotiy misollar orqali ochib berishga alohida e’tibor qaratilgan.
SamDAQI matbuot xizmati