Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2019 yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) va mustaqil izlanuvchilikga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e’lon qiladi

 

01.02.01 - Nazariy mexanika - 1 o‘rin;

01.02.03 - Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi - 1 o‘rin;

01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi - 1 o‘rin;

01.02.05 - Suyuqlik va gaz mexanikasi - 1 o‘rin;

05.05.06 - Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari - 1 o‘rin;

05.09.01 - Qurilish konstruktsiyalari. Binolar va inshootlar - 1 o‘rin;

05.09.02 - Asoslar, poydevor va er osti inshootlari. Ko‘prik va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar - 1 o‘rin;

05.09.03 - Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish - 1 o‘rin;

05.09.04 - Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari - 1 o‘rin;

05.09.05- Qurilish materiallari va buyumlari -1 o‘rin;

06.01.10 - Er tuzilishi, kadastr va er monitoringi -1 o‘rin;

08.00.13 - Menejment -1 o‘rin;

11.00.06 - Geodeziya. Kartografiya - 1 o‘rin.

18.00.01 - Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash - 1 o‘rin;

18.00.02 - Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi - 1 o‘rin.

Tayanch doktoranturaga (PhD) talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

• institut rektori nomiga ariza;

• qisqacha biografik ma’lumotnoma;

• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

• oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

• ilmiy jurnallarda va nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida bitta), ilmiy va ilmiy-amaliy konferentsiyalar to‘plamlariga kiritilgan tezislar (kamida ikkita) ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

• tadqiqot mavzusi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

• etakchi olimlardan birining uni ilmiy raxbar sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi.

 

Qabul O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan, Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi NIZOM talablari asosida amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2018 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha quyidagi manzilda qabul qilinadi:

Samarqand shahar, Lolazor ko‘cha 70 uy,

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti,

ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.

Tel: (0 366) 237-18-47