MUROJAATNOMANING MAZMUN-MOHIYATI OʻRGANILMOQDA

 

Samarqand viloyati Toyloq tumani “Adas” MFY hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini oʻrganish boʻyicha targ‘ibot guruhlarining tarshviqod tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Adas” mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda hududdagi tuman tashkilotlari faollari ishtirok etishdi.
Targʻibot tadbirlarida tuman hokimi va oʻrinbosarlari SamDAQI proefessor-o‘qituvchilari dotsent S.Aliqulov, dotsent A.Safarov va dotsent A.Qo‘ldoshevlar soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʼruza qildilar.

Murojaatnoma yuzasidan tuman tashkilot rahbarlari, mahalla faollari fikr va mulohazalari tinglandi.

 

 


SamDAQI Axborot xizmati