MUROJAATNOMANING MAZMUN-MOHIYATI KENG TARG‘IB ETILDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish insitutining katta faollar zalida 15-18-19 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Targ‘ibot tadbirlarida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ch.Xushmurodova, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Q.Nurboev, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Azimov hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdilar va yig‘ilganlarga Murojaatnomaning mazmun-mohiyati keng targ‘ib etildi.
SamDAQI Axborot xizmati