MUNISA SADIYEVA YILNING ENG YAXSHI YOSH OLIMI, QOZOG‘ISTON

#bizning_yutuqlar #fan 

Qozog‘iston Respublikasining poytaxti Nur-Sulton shahrida joriy yilning iyun oyida MDH davlatlari talabalari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi yosh olimlari - 2021” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyihada MDH davlatlarining fan va ta’lim sohasida o‘z hissasini qo‘shgan eng zo‘r yosh talabalar ishtirok etdilar.

Loyihaning asosiy maqsadi yosh olimlar orasida eng yaxshi innovatsion loyihalarni aniqlash, fan va ta’limga bo‘lgan qiziqishni oshirish va fan rivojiga hissa qo‘shuvchi umumiy hamkorlikni yaratishdan iborat edi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi Sadiyeva Munisa Murtazo qizi ham ushbu tanlovda ishtirok etib fan va ta’lim sohasida qo‘shgan hissasi uchun ko‘krak nishoni va I darajali diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlovda institut talabalari faol ishtirokini ta’minlaganligi uchun institut o‘qituvchisi Shoboyeva Ruxshona tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofot bilan Munisa Sadiyevani SamDAQI professor-o‘qituvchilari hamda institut jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

Ma’lumot o‘rnida: Munisa Sadiyeva hozirgi kunda “Arxitektura” fakultetining talabasi bo‘lib, ilmiy rahbari Sadikova Sitorabonu bilan birgalikda fan va ta’lim sohasini rivojlantirish uchun bir qancha loyihalar ustida ishlab kelmoqda. 

 

 

  

 


SamDAQI Axborot xizmati