MINI-FUTBOL TURNIRIDA KIM G‘OLIB BO‘LDI?

#sport

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida joriy yilning 18-19 may kunlari sportning mini-futbol turi bo‘yicha institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Natijalarga ko‘ra “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish” fakulteti professor-o‘qituvchilari jamoasi 1-o‘rinni, “Qurilishni boshqarish” fakulteti professor-o‘qituvchilari jamoasi 2-o‘rinni hamda “Arxitektura” fakulteti professor-o‘qituvchilari jamoasi 3-o‘rinni egalladilar.

Musobaqa institut “Talaba-sport” sport uyushmasi hamda “Kasb ta’limi va jismoniy tarbiya” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkillashtirildi.

  

  

   


SamDAQI Axborot xizmati