PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA ISHCHI XODIMLAR O‘RTASIDA “MINI-FUTBOL” SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 apreldagi 14-14/1-771-sonli bayonnomasiga asosan 2019 yil may oyi “Sport oyligi” deb e’lon qilingan edi.Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 6-7 may kunlari Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchilar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashabbusi bilan, institut professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o‘rtasida “Mini-futbol” sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada “Arxitektura” fakulteti, “Qurilishni boshqarish” fakulteti, “MKQ” fakulteti, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi, Rektorat jamoasi, “IGT” kafedrasi, institut qoshidagi MSM(labaratoriya) ishchi xodimlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.Musobaqa “Talaba” sport uyushmasi va “Kasbiy ta’lim va jismoniy tarbiya” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tayinlangan hakamlar tomonidan olib borildi.
O‘yin natijalariga ko‘ra: yarimfinal o‘yinlarida Rektorat, “MKQ”, “Arxitektura”, “Qurilishni boshqarish” ishchi xodimlari jamoalari o‘zaro bellashib Rektorat va “Qurilishni boshqarish” fakulteti jamoalari finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi, 3-o‘rin uchun “Arxitektura” va “MKQ” jamoalari o‘rtasida kechgan bahsda “MKQ” fakulteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Rektorat va “Qurilishni boshqarish” jamoalari esa 13 may kuni finalda mutlaq g‘oliblik uchun maydonga tushishadi.