“Million dollarga teng vaqtingizni kerakli ishlarga sarflashga doir maslahatlar”
Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2021 yil 18 oktabr kuni institut psixolog S.Otayorov tomonidan “Qurilishni boshqarish” fakulteti 2 bosqich talabalariga “Million dollarga teng vaqtingizni kerakli ishlarga sarflashga doir maslahatlar” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.
Institut psixologi seminar-trening davomida talaba-yoshlar har kunlik, haftalik, oylikda avvalo qilishi zarur bo‘lgan ishlarni aniqlab olishi kerakligi va shunga qarab o‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlashi kerakligi ta’kidladi. Shuningdek talaba-yoshlar ko‘p vaqtini behuda sarflayotgan zararli odatlardan qanday qutilish kerakligi to‘g‘risida ko‘nikmalarga ham ega bo‘ldilar.
SamDAQI Axborot xizmati