MEXANIKA FANLARINING BO‘LAJAK QURUVCHI YOSHLAR HAYOTIDAGI O‘RNI

#davra_suhbati

Joriy yilning 6 aprelida “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi tomonidan 4-sonli talabalar turar joyida “Mexanika fanlarining bo‘lajak quruvchi yoshlar hayotidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida “Qurilish” fakulteti dekani A.Bayzakov, dekan muovini A.Kamolov kafedra o‘qituvchilari X.Saidov, A.Ibragimov, N.Egamov, N.Meliqulov, S.Amanov, O.Ubaydullayev, D.Ismatov, N.Shodmonqulova, K.Xaydarova, A.Otaqulovlar ishtirok etishdi.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan talaba-yoshlarga mexanika fanlari, shuningdek fanlarni o‘rganish, inson tanlagan mutaxassisligi o‘zining hayotida qanchalik muhimligi haqida tushunchalar berildi.

Kafedraning yoshi ulug‘, tajribali professor-o‘qituvchilari bilan tashkil qilingan ushbu davra suhbati talabalar hayotida muhim o‘rin egallashiga komilmiz.

  


SamDAQI Axborot xizmati