Mening o‘g‘lim armiyada
Mening o‘g‘lim armiyada
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida viloyat xokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Samarqand xarbiy qismida hizmat qilayotgan Xorazmlik askarlar va Xorazmda xizmat qilayotgan Samarqandlik askarlarning ota-onalari bilan videokonferensiya orqali suhbati tashkil qilindi. Tadbirda viloyat xokimi o‘rinbosari Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Rabbimova ishtirok etdi. Tadbirda Xorazm viloyatida xizmat qilayotgan Samarqandlik askarlar, Samarqandda xizmat qilayotgan Xorazmlik askarlar telemost orqali ota-onaliri bilan suhbatlashishdi. Telemost moboynida ota-onalar xarbiy qismlarda xizmat qilayotgan farzandlarining yashash sharoitlari, ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlarni olishdi. Tadbirda kuy-qo‘shiqlar ham yangradi.